O‘zbekiston prezidenti shu hafta Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun Turkmanistonga boradi. Uchrashuv kun tartibidan savdo-cotiq, transport logistikasi, energetika va madaniy sohalar muhokamasi joy olgan. Qolaversa, Markaziy Osiyo davlatlari yetakchi ayollari uchrashuvi o‘tkazilishi ham rejada bor.
Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi 6 avgust kuni Turkmanistonning «Avaza» milliy turizm zonasida bo‘lib o‘tadi. Sammitga tayyorgarlik masalalari prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan uchrashuvida muhokama qilindi.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 2021 yilga qoldirilgan uchinchi maslahat uchrashuvi vaqti hozircha ma’lum emas, biroq O‘zbekiston uning yuzma-yuz ko‘rinishda bo‘lib o‘tishini kutmoqda. «Onlayn format ko‘zda tutilayotgani yo‘q», — dedi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting